YeTTB Samarqand va Namangan uchun elektr avtobuslar sotib olishga yordam beradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Muzokaralar yakunida mandat xatlari imzolandi
Rasm: Transport vazirligi

14 – 16-may kunlari Yerevanda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 33-yillik yig‘ilishi va biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Ilhomjon Abdugafarov va YeTTB infratuzilma departamenti (Yevrosiyo) rahbariyati oʻrtasida shartnoma tuzildi.

Yig‘ilishda Samarqand va Namangan shaharlari uchun elektrobuslar xarid qilish, shuningdek, Transkaspiy transport yo‘lagiga kiruvchi 4P160 Urganch – Mang‘it avtomobil yo‘lini (70 km) rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha mandat hujjatlarini imzolash masalalari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar yakunida mandat xatlari imzolandi.

Avvalroq «Kursiv» avtomobil bozorida elektromobillarga talab oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek