Dollarning o‘rtacha narxi o‘sdi

eʼlon qilindi
Uning o‘rtacha qiymati deyarli 12 709 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

21-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,16 so‘mga ko‘tarildi va 12 708,86 so‘mni tashkil qildi.

Bugun davlat banklari dollarni 12 625 – 12 680 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 715 – 12 750 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni AQSh valyutasining o‘rtacha qiymati 7,17 so‘mga pasaygan edi.

Shuningdek