Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
24, 25, 26-may kunlari
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Oʻzbekiston temir yoʻllari Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 24, 25, 26-may kunlari 775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli Samarqand — Toshkent yoʻnalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli Toshkent — Samarqand yoʻnalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Eslatib oʻtamiz, chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalaridan hamda eticket.railway.uz saytidan ham xarid qilish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Namangandan Chodakka temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek