O‘zbekiston futzal bo‘yicha jahon chempionati rasmiy logotipini namoyish qildi- video

eʼlon qilindi
Uning taqdimoti 26-may kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o'tadi
Rasm: O‘FA

FIFA tomonidan tashkil etilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati joriy yilning 14-sentabridan 6-oktabriga qadar boʻlib oʻtadi. Turnirning rasmiy logotipi an’anaviy va oʻzbek oshxonasida ishlatiladigan qalampirdan ilhom olgan holda ishlangan, deb xabar beradi O‘FA.

«Tezlik sohiblari» konsepsiyasi asosida yaratilgan brendning mohiyati futzalning tezkor, yuqori templi va dinamik tabiatini aks ettiradi. Rasmiy logotip esa FIFAning futzal boʻyicha Jahon kubogi sovrini shaklida tayyorlangan boʻlib, uning yuqori qismidan to‘p va qalampir shaklidagi tasvir oʻrin olgan.

«Turnir logotipi juda yorqin ranglarda, jozibador va zamonaviy qilib ishlangan. Unda haqiqiy sharqona va o‘zbekona koloritni his etish, shuningdek, O‘zbekistonning madaniy merosi va tarixiy qadriyatlari uyg‘unligi ham aks ettirilganini ko‘rish mumkin», deya ta’kidladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov.

Logotipning taqdimoti 26-may kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi, unda 24 nafar futzal terma jamoasi uchun qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogida milliy terma jamoa bronza medallariga ega bo‘lgan edi.

Avvalroq «Kursiv» futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek