Qirgʻiziston Oʻzbekistonga kartoshka yetkazib berish hajmini oshirdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Tazabek portali Qirg‘iziston hukumati statistikasiga tayanib xabar bermoqda
Foto: Unsplash

2024-yilning yanvar-mart oylarida Qirgʻiziston Oʻzbekistonga oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 baravar koʻp kartoshka eksport qildi. Bu haqda Tazabek portali hukumat statistikasiga tayanib xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, birinchi chorakda Oʻzbekistonga Qirgʻizistondan umumiy qiymati $1,7 millionlik 15,5 ming tonna kartoshka import qilindi. 2023-yilning yanvar-martida oylarida esa Oʻzbekistonga ushbu mamlakatdan $836 minglik poliz mahsuloti olib kelingan edi.

Oʻzbekiston Qirgʻizistondan import qilinadigan kartoshka hajmi boʻyicha birinchi oʻrinda turadi. Umuman olganda, 2024 yilning dastlabki uch oyida bu mamlakat chet elga 18,5 ming tonna kartoshka sotgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Qozogʻistonning Aqtau viloyatiga kartoshka yetkazib berishni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek