Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoq shartnomasini ratifikatsiya qildi

eʼlon qilindi
Parlament a’zolari tegishli qonunga ovoz berishdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari ushbu kelishuvni 2022-yilning qishida tuzgan edi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tegishli qonun loyihasini deyarli bir yildan so‘ng – noyabr oyida qabul qildi. Keyin Senat uni tasdiqladi. Hujjatni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni imzolagan.

Senatorlarning fikricha, shartnomani ratifikatsiya qilish «ikki xalqning ma’naviy va madaniy yaqinligini» qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Qozog‘istonning sanoat sohasidagi hamkorligi haqida yozgan edi. Shu tariqa noyabr oyi boshida mamlakatlar sanoat kooperatsiyasi markazi ochishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Tashkilot har ikki mamlakatda biznes yuritish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.

Shuningdek