22-may kuni respublikada quruq va iliq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Rasm: Pixelery.com /www.depositphotos.com

Bugun, 22-may kuni respublikada yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Aksincha, quruq va quyoshli havo bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 24-29 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin. Kun davomida quyosh chiqadi va quruq ob-havo bo‘ladi. Kunduzi 25-27 iliq va kechasi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda jala quyishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda kuchli shamol esishi mumkin. Kunduzi havo harorati 13-18 iliq va kechasi 6-11 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek