Birinchi iyundan bogʻchalarda malakali tarbiyachilarning ish haqi stavkasi oshiriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezidentga taqdim qilingan taqdimotda ma'lum qilindi
Foto: kot36/depositphotos.com

Bogʻchalarga malakali tarbiyachilarni jalb qilish uchun 2024-yil 1-iyundan ularning ish haqi stavkalari maktab oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Bu haqda 22-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim qilingan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish boʻyicha taqdimotda ma’lum qilindi.

Shuningdek, taqdimotda boshlangʻich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi oʻquv dasturi joriy qilinishi ko’zda tutilgani ta’kidlandi. Yuqori sinflarda oʻqitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi ta’minlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi. Yangi oʻquv yilidan informatika fani 1-sinfdan oʻrgatiladi.

Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Ya’ni ishga kirayotgan pedagog 1-yil davomida oʻqituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak boʻladi.

Malakali rahbarlar muhitini shakllantirish maqsadida hududlarda eng tajribali direktorlardan iborat «Direktorlar kengashi» tashkil etiladi. Endi maktab direktorlari lavozimga mazkur kengash tavsiyasi bilan ochiq tanlov asosida tayinlanadi.

Shuningdek, vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi. Xususiy maktablarni tashkil qilishda qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda qoʻshimcha haq toʻlanadigan oʻqituvchilar roʻyxati tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek