Elektro-taksi chaqirish qanchaga tushadi

eʼlon qilindi
“Kursiv” muxbiri bitta yoʻnalish boʻyicha tariflarni solishtirib koʻrdi
Rasm: petovarga / www.depositphotos.com

Kecha Yandex Go oʻz ilovasiga yangi funksiyani joylashtirdi. Endi taksi buyurtma qilganda elektromobilni chaqirsa boʻladi. Shu sababli «Kursiv» muxbiri bitta yoʻnalish boʻyicha Yandex Go taksi tariflarini solishtirib koʻrdi.

Toshkentdagi Qoʻgʻirchoq teatridan Gʻofur Gʻulom bogʻiga elektromobilda yetib borish uchun 34 ming soʻm toʻlash kerak boʻladi (bu narx 22-may kuni Toshkent vaqti bilan 12:20 da bo‘lgan). Yandex Plus obunachilar uchun bu narx biznes tarifidan qimmatroq (bir xil masofa uchun 32,5 ming so‘m). Hamyonbop tariflarda Gʻofur Gʻulom bogʻiga «komfort» tarifida 19,5 ming soʻmga yetib borasiz. Start tarifida ham shunday narx koʻrsatilgan.

Biroq kechqurun (ayniqsa, 18 dan 19 gacha) yuqori talab tufayli tariflar yuqori boʻlishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Avvalroq «Kursiv» Yandex O‘zbekistonda yangilangan Alisa’ni taqdim etganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek