Registon ansambli 2023-yilda O‘zbekistondagi eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeyga aylandi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda bugungi kunda 140 ta muzey faoliyat yuritadi
Foto: nmessana / depositphotos.com

Oʻzbekistonda muzeylarga 2023-yil davomida 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan top 5 ta muzeylar:

Registon ansambli – 1 mlndan ortiq kishi;

Samarqand davlat muzey qoʻriqxonasi – 1 mlndan ortiq kishi;

Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;

Xiva Ichan-qal’a davlat muzey qoʻriqxonasi – 448,4 ming kishi;

Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi – 390,3 ming kishi.

2024-yilning yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil qiladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston san’at muzeyining yangi binosining qurilishi 2024-yilda boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek