O‘zbekistonda 8-ballik shamol va chang to‘zoni yuzaga kelishi kutilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
24-26 may kunlari
Foto: Piqsels

O‘zbekistonda 24-26 may kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda («Bofort» shkalasi bo‘yicha o‘n ikki balldan sakkiz ball). Ayrim hududlarda chang to‘zoni yuzaga kelishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Shuningdek, 23—26-may kunlari respublikaning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Sel toshqinlari ehtimoli bor.

«O‘zgidromet» tog‘li hududlar aholisini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» iqlim sharoitining O‘zbekistondagi ayollar biznesiga ta’siri haqida yozgan edi.

Shuningdek