Rossiya, Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya Falastinni tan oldi

eʼlon qilindi
Irlandiya bosh vaziri aytishicha, bu tashabbus Isroil-Falastin mojarosini hal qilishga yordam beradi
Rasm: diy13@ya.ru/Depositphotos

Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya Falastinning tan olinishini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi «Kommersant».

Yevropaning uch davlati qarori kelasi hafta, 28-may kuni kuchga kiradi. Irlandiya Bosh vaziri Saymon Harris bu tashabbus Isroil – Falastin mojarosini hal qilishga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Bu mamlakatlar hukumatlari va boshqa Yevropa davlatlari Dublinning Falastinni Yevropa Ittifoqi tan olishi kerakligi haqidagi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozadi Politico.

Bu harakatga javoban Isroil Irlandiya va Norvegiyadagi elchilarini chaqirib olishga qaror qildi.

Bungacha O‘zbekiston va boshqa 142 davlat BMTda Falastinga kengroq huquqlar berish rezolyutsiyasini ma’qullagan edi. To‘qqizta davlat bu tashabbusga qarshi chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Falastin davlati bilan 1994-yil sentabr oyi oxirida diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Xalqaro jinoiy sud prokurori Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Falastinning HAMAS harakati yetakchilarini hibsga olishni talab qilayotganini yozgan edi.

Shuningdek