23-may kuni respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 23-may kuni Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Respublikaning boshqa viloyatlarida quruq va iliq ob-havo bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 24-29 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi. Ertalab va kechga yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 27-29 daraja iliq, kechasi esa 15-17 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Kuchli shamol boʻlishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 15-20 iliq va kechasi 8-13 daraja iliq boʻladi. 

Shuningdek