Birinchi ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchishdi

eʼlon qilindi
Haj qilish uchun
Foto: Uzbekistan Airports

23-mayga o‘tar kechasi Uzbekistan Airways’ning Haj mavsumi doirasida Toshkentdan Madinaga ilk parvozi amalga oshirildi. Samolyot bortida 240 nafar ziyoratchi bo‘lgan, deya xabar beradi «Uzbekistan Airports».

Ziyoratchilar bilan reyslar O‘zbekistonning o‘nta shahridan amalga oshiriladi. Ko‘pchilik (deyarli olti ming kishi) Toshkentdan Madinaga boradi. Shuningdek, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Termiz, Urganch va Navoiy shaharlaridan qatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

«Kursiv» yozganidek, bu yil Oʻzbekistondan 15 mingga yaqin fuqarolar Hajga boradi.

Haj mavsumi 7-iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilar 22-iyundan 7-iyulga qadar o‘z vatanlariga qaytadilar.

Shuningdek