2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Qirg‘izistonga $463,8 minglik 19,75 mln dona sigaret yetkazib berdi, bu to‘rtinchi natijadir, deb yozadi Tazabek.
Qozog‘iston Qirg‘iziston bozoriga tamaki mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi – $10,9 millionlik 476,6 mln dona sigaret, ikkinchi o‘rinda esa, $1,1 millionlik 60,5 mln dona bilan Rossiya Federatsiyasi.
Uchinchi o‘rinni Qirg‘izistonga $483,5 minglik 26 mln dona sigaret yetkazib bergan BAA egalladi.
Birinchi chorak yakuniga ko‘ra Qirg‘iziston xorijdan $13,6 millionga 593 mln donadan ortiq sigaret sotib olgan.
Oʻzbekiston Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning may oyi boshida mamlakatimizdan $25 millionlik ichimliklar va tamaki mahsulotlari eksport qilingan, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan $11 millionga kamdir.
Avvalroq «Kursiv» 2022 yilda dunyoda tamaki iste’molchilari soni 1,25 mlrd kishigacha kamayganini e’lon qilgan edi.