Dunyoda tamaki iste’moli kamayib bormoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Dunyodagi har beshinchi kishi chekadi
Foto: Unsplash

2022-yilda dunyoda tamaki iste’molchilari soni 1,25 mlrd odamga kamaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ushbu tendentsiya kelajakda ham davom etishini ko’rsatmoqda.

Dunyodagi har beshinchi inson chekadi. 2000-yilda har uchinchi odam tamaki iste’mol qilgan edi.

JSST ekspertlarining fikricha, 2025-yilga kelib tamakiga qaramlikning tarqalishi 32,9%ga, 2030-yilga kelib 30,6%ga kamayadi.

2022-yil holatiga ko‘ra, tamaki iste’molining eng yuqori darajasi Janubi-Sharqiy Osiyoda (26,5%) qayd etilgan. Evropada bu ko‘rsatkich 25,3% ni tashkil etdi. Shu bilan birga, G‘arb mamlakatlarida chekuvchi ayollar ko‘proq: dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan bu ko‘rsatkich ikki baravar yuqori.

2022-yil oxiriga kelib, 150 ta mamlakatda tamaki iste’moli kamaygan.

JSST 56 ta davlat 2025-yilga borib tamaki isteʼmolini 15 yil oldingiga nisbatan 30%ga qisqartirish maqsadiga erisha oladi, deb hisoblaydi. Bular qatoriga Braziliya va Niderlandiya kabi turli mamlakatlar kiradi.

Ammo ko‘pchilik mamlakatlarda ushbu maqsadga erishish uchun qo‘shimcha harakatlarni talab qiladi. Kongo, Misr, Indoneziya, Iordaniya, Ummon va Moldovada so’nggi paytlarda tamaki iste’molchilari soni ko‘paygan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda aholining 12% chekishi xabar qiligan edi. Erkaklar orasida 23,3% tamaki iste’mol qiladi.

Shuningdek