Italiyalik mutaxassislar o‘zbekistonlik yosh fermerlarning malakasini oshirishga tayyor

eʼlon qilindi
Bu borada muzokaralar bo'lib o'tdi
Rasm: Dunyo

Italiyalik mutaxassislar O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishga, jumladan, yosh mutaxassislar malakasini oshirishga ko‘maklashishga tayyor. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov «Bonifice Ferraresi Group» kompaniyasining moliya va sarmoyaviy departamenti rahbari Stefaniya Kvintavalle bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi «Dunyo».

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini ilg‘or texnologiyalar asosida rivojlantirish, mahsulotlarni qayta ishlash va Italiya bozoriga eksport qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Italiya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda bojxona imtiyozlarini taqdim etuvchi Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimidan manfaatdor davlat ekanligiga qiziqish bildirdi. Shuningdek, kompaniya mutaxassislari O‘zbekiston yosh fermerlarning malakasini oshirishga tayyor ekani ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari va kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha «Bonifice Ferraresi Group» vakillaridan iborat texnik guruhning Oʻzbekistonga ishchi safarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

«Bonifice Ferraresi Group» Italiya shimolida joylashgan eng yirik qishloq xo‘jaligi kompaniyasidir. U 8 ming gektar maydonda bug‘doy, sholi, meva, sabzavot va boshqa ekinlarni yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Kompaniyaning yillik daromadi taxminan 300 mln yevroni tashkil etadi va 20 ga yaqin tarmoq biznesini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish hajmini oshirganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek