Toshkentda birinchi Domino's Pizza restorani ochildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kelgusida biznesni respublikaning boshqa hududlarida ham kengaytirish rejalari bor
Foto: Dddoria / www.depositphotos.com

23-may, chorshanba kuni Toshkentda birinchi Domino’s Pizza restorani ochildi. Bu haqda kompaniya Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Restoran Labzakda, 9A, Korzinka Abay ro‘parasida joylashgan. Hozircha filial texnik rejimda – soat 11:00 dan 23:00 gacha ishlamoqda. Biroq pitsa yetkazib berish xizmati Toshkent aholisi uchun hozircha mavjud emas.

Domino’s Pizza Uzbekistan rahbari Grisha Nikolov Spot nashriga bergan intervyusida hozircha O‘zbekiston poytaxtida brendni rivojlantirish rejalashtirilayotganini aytdi. Kelgusida biznesni respublikaning boshqa hududlarida ham kengaytirish rejalari bor.

Domino’s Pizza 1960-yilda tashkil etilgan. 2023-yilda kompaniya daromadi $4,48 milliardni tashkil etdi, shundan xalqaro franchayzing $310,1 millionni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda O‘zbekiston umumiy ovqatlanish bozori 12,6 foizga o‘sgani, Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkich 25 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek