Avtomobil jarimalari va “tonirovka” bo‘yicha MyGov mobil ilovasida to‘lash mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Ilovaning yangilangan versiyasi chiqdi
Rasm: MyGov

MyGov mobil ilovasining yangilangan 3.2.81 versiyasida oynalarni qoraytirish va yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, ilovaga «deeplink» funksiyasi qo‘shildi, bu ilovada qidirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri SMS-xabarda yuborilgan havola orqali xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.

Ishlab chiquvchilar, shuningdek, asosiy sahifadagi «Vidjet» oynasini takomillashtirdilar, unga eng kerakli funksiyalarga tezkor kirish mumkin va elektron hujjatlarni saqlash uchun boʻlim yaratishdi.

Hammasi boʻlib MyGov orqali 3,8 mingdan ortiq xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» jamoat transportlarida virtual kartalar orqali toʻlov qilish evaziga mablag‘ tejalganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek