«UzAuto Motors» Lacetti avtomobilini ishlab chiqarishni noma‘lum muddatgacha davom ettiradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati «Kursiv»ga ma‘lum qildi.
Kompaniya vakilining ta‘kidlashicha, bu birdaniga toʻxtaydigan jarayon emas.
Avvalroq «UzAuto Motors» 2024-yildan bu rusumidagi avtomobil ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatishini ma‘lum qilgan edi.
Ma‘lumot uchun, joriy yilning yanvar-aprel oylarida qariyb 11 mingta Lacetti avtomashinasi ishlab chiqarildi.
Eslatib oʻtamiz, 21-may kuni Chevrolet Lacetti avtomobili uchun 3,6 mingta shartnoma tuzilgani haqida xabar berilgan edi.