Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga: "Katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang"

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Davlat rahbarining murojaati uning saytida e’lon qilindi
Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «So‘nggi qo‘ng‘iroq» bayrami arafasida maktab bitiruvchilarini tabrikladi. Davlat rahbarining murojaati uning saytida e’lon qilindi.

Prezident ta’kidlaganidek, keyingi yillarda Yangi O‘zbekiston yoshlari ilm-fan, sport, san’at va adabiyotning turli jabhalarida chuqur bilim va qobiliyatlarini yaqqol namoyon etmoqda.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ana shunday faol, bilimdon farzandlarimizni yurtimizdagi millionlab o‘g‘il-qizlarimizga o‘rnak qilib ko‘rsatsak arziydi.

«Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang. Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq bo‘lib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorug‘ kelajagiga hissa qo‘shishga intiling», dedi Mirziyoyev.

Murojaati so‘ngida davlat rahbari bitiruvchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Avvalroq “Kursiv» nashri «So‘nggi qo‘ng‘iroq» munosabati bilan 25-may kuni O‘zbekiston poytaxtida gala-konsert bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edi.

Shuningdek