Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi afgʻonistonlik ayollarga yordam koʻrsatadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida ma'lum qi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

23-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Yevropa Ittifoqining (YeI) Markaziy Osiyo boʻyicha vakili Teri Xakala uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda YeI va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yoʻllari muhokama qilindi. Shuningdek, madaniy almashuvlar, transport kommunikatsiyalari va ayollar huquqlari masalalari koʻtarildi.

«Afgʻonistonlik ayollarga yordam koʻrsatish boʻyicha hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi», deb yozadi Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.

Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyevaning Amerika Qoʻshma Shtatlari delegatsiyasi bilan uchrashuvi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek