Yangiliklar

O‘zbekistonliklar ko‘proq pullarini ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltira boshladilar

Bu qarz oluvchilar daromadining deyarli yarmini oladi
Rasm: Unsplash

2023-yilda qarz oluvchilar daromadining 44 foizi ipoteka krediti bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirildi. Oʻzbekiston Markaziy bankining «Moliyaviy barqarorlik sharhi» ma’lumotlariga koʻra, yil davomida bu koʻrsatkich 7 foiz bandga oshgan.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada aholining ipoteka kreditlari bo‘yicha qarz majburiyatlarini bajarish holati bilan bog‘liq xavotirlar saqlanib qolmoqda.

Shu bilan birga, yil davomida respublikada avtokreditlar bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish koeffitsienti 8 foizga oshib, 59 foizni tashkil etdi. Regulyator ushbu turdagi kreditlash bo‘yicha ko‘rsatkich yuqori darajada qolayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston banklari tomonidan 20 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan. Yil davomida o‘sish deyarli 5 foizni tashkil etdi.

Shundan 4,5 trln so‘mini iste’mol kreditlari, 4,2 trln so‘mini avtokreditlar va 3,5 trln so‘mini ipoteka kreditlari tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» nima uchun O‘zbekiston banklari avtokredit uchun kamroq mablag‘ ajrata boshlagani haqida yozgan edi.