Pensiya tayinlanishi uchun kech murojaat qilganlarning puli bilan nima bo‘ladi

eʼlon qilindi
Ba'zi fuqarolar arizani kech topshirgan taqdirda, mablag' ololmasligi mumkin
Foto: Tatiantmarie / www.depositphotos.com

Agar pensiya yoshiga yetgan shaxs ma’lum sabablarga ko‘ra pensiyaga chiqish arizasini kech yozsa, u holda fuqaro o‘tkazib yuborilgan muddat uchun pul ololmasligi mumkin. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanganidek, agar fuqaro arizani pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60 kun ichida topshirgan boʻlsa, u holda pul pensiya yoshiga yetgan paytdan boshlab toʻlanadi.

Biroq agar ariza ushbu muddat tugaganidan keyin topshirilsa, pensiya ariza yozilgan kundan boshlab tayinlanadi.

Avvalroq «Kursiv» pensiya miqdorini oshirish boʻyicha qancha odam murojaat qilganini e’lon qilgan edi. Joriy yilning toʻrt oyi davomida jami 5 mingta murojaatlar kelib tushgan. Shundan taxminan 1,9 mingtasi, ya’ni 37,1 foizi pensiya miqdorini koʻrib chiqish va uni oshirib berish masalasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek