O‘zbekiston Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksida 16 pog‘onaga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Reyting Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tuzilgan
Foto: Piqsels

O‘zbekiston jahon iqtisodiy forumining (WEF) 2024-yilda Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksida (TTDI) 78-o‘rinni egalladi. 2019-yildan buyon mamlakatimiz ushbu reytingda 16 pog‘onaga ko‘tarildi, deb xabar qildi Respublika Turizm qo‘mitasi.

Reytingni tuzishda davlatlardagi qulay ijtimoiy muhit, turizm infratuzilmasi va boshqa omillar kabi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.

TTDI uchun ma‘lumotlar Jahon banki, YuNESKO, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar hisobotlaridan olingan.

Avvalroq «Kursiv» Shahrisabz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining turistik poytaxti sifatida tan olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek