Oʻzbekistonlik investorlar Afgʻoniston neft va gaz konlariga qiziqish bildirmoqda

eʼlon qilindi
Shuningdek, Qozog'iston va Rossiya kompaniyalari ham qiziqmoqda
Foto: DeminPan/Depositphotos

Afgʻoniston neft va gaz konlariga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya investorlari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TOLONews Afgʻoniston kon va neft vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

«Markaziy Osiyo kompaniyalarining Afgʻonistonning neft va gaz sohasiga qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Yaqinda oʻzbek kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazdik», deydi vazirlik vakili.

Afgʻonistondagi neft va gaz konlarining umumiy maydoni 200 ming kvadrat kilometrdan oshadi. Ushbu koʻrsatkichlarga qaramay Kobul uglevodorodlar va yonilgʻining qariyb 90 foizini Eron va Markaziy Osiyo davlatlaridan sotib oladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yil boshida Afgʻoniston hukumati Xitoyning CAPEIC kompaniyasi bilan Afgʻonistonning uchta viloyatida neft qazib olish boʻyicha kelishuv tuzgan edi.

Avvalroq «Kursiv» afgʻonlar Termiz xalqaro savdo markazi hududida joylashgan doʻkonlar va ishlab chiqarish binolarini ijaraga olishlari mumkinligini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek