25-kuni respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 25-may kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati o‘rtacha 24-29 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 26-28 va kechasi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Kuchli shamol boʻlishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 15-20 iliq va kechasi 8-13 daraja iliq boʻladi. 

Shuningdek