Germaniyaning bir qator tashkilotlari oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda
Germaniyaning bir qator xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish, tibbiyot va qurilish sohalaridagi tashkilotlari talab darajasidagi nomzodlar yigʻilmayotgani sababli qayta e’lon berilmoqda. Bu haqda Tashqi migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Quyidagi havolalar orqali batafsil ma’lumot olish va roʻyxatdan oʻtish mumkin:
«Duvenbeck» – yuk avtomobili haydovchisi, oylik maosh 2200 yevrodan boshlanadi;
«NoVo Agency» – hamshiralik va parvarish sohasi, oylik maosh 2000 yevro va kasbiy tasdiqlangandan keyin 2200 yevrodan boshlanadi. Buxoroda nemis tilini oʻqitish boʻyicha dastur yoʻlga qoʻyilgan;
«ConsultingUz» – hamshiralik, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi;
Mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlab;
«The International Placement People» – mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi;
Avvalroq «Kursiv» xorijda mehnat faoliyatini olib borilayotgan fuqarolarga bir qancha imtiyozlar joriy qilingani haqida xabar bergan edi.