Joriy yilda necha nafar oʻquvchi maktabni tamomlagani ma’lum boʻldi

eʼlon qilindi
Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmat xabar bermoqda
Foto: Kinderkz/depositphotos.com

2024-yilda 414 mingdan ortiq 11-sinf oʻquvchilari maktabni tamomladi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmat xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga koʻra, umumta’lim muassasalarida 2023/2024-oʻquv yili boshida 11-sinflarda respublika boʻyicha jami 414,6 ming nafar oʻquvchi qayd etilgan.

Shulardan qiz bolalar 223,1 ming nafarni, oʻgʻil bolalar esa 191,5 ming nafarni tashkil qiladi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p bitiruvchi Samarqandda 49,1 ming nafarni, eng kam bitiruvchi esa Sirdaryo viloyatida 10,3 ming nafarni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 274,5 mingta chaqaloq tugʻilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek