Oʻzbekistonda 2025-yildan aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi
Foto: Kursiv/Roman Fedotov

2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma‘lumotlarni oʻz ichiga oluvchi aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra, aholining yagona elektron reyestri Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi.

Tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sugʻurta va boshqa ommaviy xizmatlarni koʻrsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi.

Reyestr Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.

Avvalroq «Kursiv» OTMlarda imtihonlar «avval test, soʻng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek