OTMlarda imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilandi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonida belgilandi
Foto: kwanchaichaiudom/depositphotos.com

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar «avval test, soʻng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonida belgilandi.

Bunda, abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga, soʻng professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi.

Bunda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi.

Ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Avvalroq «Kursiv» magistratura va doktoranturadagi ba’zi yo‘nalishlarda xorijiy til sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek