Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻistonga tashrif buyurish boʻyicha yetakchilik qilmoqda

eʼlon qilindi
Qirg‘iziston ikkinchi o‘rinni egalladi
Foto: kadrby/depositphotos.com

Joriy yilning 1-yanvarida 10-mayigacha Qozogʻistonga qariyb 1,6 million nafar Oʻzbekiston fuqarosi kelgan va tashrif buyuruvchilar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz nashri mamlakat Milliy xavfsizlik qoʻmitasiga tayanib xabar bermoqda.

Mazkur davrda Qozogʻiston hududiga quyidagi davlat fuqarolari kelgan:

Oʻzbekiston – 1 598 656 kishi;

Qirgʻiziston – 1 015 553 kishi;

Rossiya – 854 937 kishi;

Tojikiston – 332 177 kishi;

Belarus – 47 342 kishi;

Ozarbayjon – 30 550 kishi;

Turkmaniston – 9671 kishi;

Ukraina – 9018 kishi;

Armaniston – 5194 kishi;

Moldova – 3059 kishi.

2023-yilning shu davriga nisbatan kelishlar soni oʻrtacha 6,5 ​​foizga oshgan.

Avvalroq «Kursiv» Qozogʻiston Oʻzbekiston bilan ittifoq shartnomasini ratifikatsiya qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek