Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari aniqlandi

eʼlon qilindi
Milliy terma jamoa A-guruhidan joy oldi
Rasm: O‘FA

26-may kuni Samarqand shahrida futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, milliy terma jamoamiz «A» guruhidan joy oldi. Guruhdan Niderlandiya, Paragvay va Kosta-Rika terma jamoalari joy oldi.

14-sentabr kuni jahon chempionatining ochilish o‘yinida O‘zbekiston Niderlandiyaga qarshi to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Mundial 14-sentabrdan 6-oktabrgacha respublikaning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida o‘tkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston futzal bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy logotipini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek