Mirziyoyev Putin bilan tonggi soat uchgacha suhbatlashdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi bayonot berdi
Rasm: Sergey Bobilyev/ RIA «Novosti»

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni oʻz uyiga taklif qildi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasi rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat rahbarlari tonggi soat uchgacha yuzma-yuz muloqot qilishgan. Peskov, Mirziyoyev va Putin oʻrtasidagi muloqotni maxfiy deb atadi va ularni chinakam doʻstlik bogʻlaganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya rahbarining mamlakatimizga tashrifi chog‘ida yigirmadan ortiq hujjatlar imzolangan edi. Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma va O‘zRda universitet filiallarini ochish to‘g‘risidagi shartnoma shular jumlasidandir.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini $30 milliardgacha oshirishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek