O‘zbekistonda barpo etiladigan Markaziy Osiyodagi eng katta bog‘ ko‘rinishi qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Loyihalashda Amerika kompaniyasi ishtirok etgan

O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik «The Grand Serai» istirohat bog‘i barpo etiladi. Loyihaga rejalashtirilgan investitsiyalar hajmi $200 milliondan oshadi, deya xabar berdi «Way II investitsiya» kompaniyasi matbuot xizmati «Kursiv»ga.

Loyiha Xitoy va Janubiy Koreyadagi parklarni barpo etish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Amerikaning «Legacy Entertainment» dizayn firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bog‘ning qurilishiga Akfa va Way II mas’uldir.

Ko‘ngilochar majmuaning maydoni 28 gektarni tashkil etadi, shundan 20 gektar butun mavsum uchun mo‘ljallangan akvapark bo‘ladi. 20 ta attraksion, mehmonxona, savdo markazi va boshqa obyektlar tashrif buyuruvchilar ixtiyoriga taqdim etiladi.

Atrofdagi obyektga hajmli proyeksiyani qo‘shish imkonini beruvchi 3D mapping texnologiyasidan foydalangan holda teatrlashtirilgan shouga start berish rejalashtirilgan. Shouni ishlab chiqishda Kanadaning «Cirque du Soleil» kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.

Avvalroq «Kursiv» shu yilning may oyi o‘rtalarida Olmaliqda «Quruvchilar bog‘i» ochilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek