Oʻqish davri ham ish stajiga qoʻshib hisoblanadimi

eʼlon qilindi
Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmat xabar berdi

Foto: billiondigital/depositphotos.com

Oliy ta’lim muassasalaridagi oʻqish davri ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish davri ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Shuningdek, chet elda oʻqish davri ham ish stajiga qoʻshib hisoblanishi ta’kidlandi.

Eslatib oʻtamiz, pensiya miqdorini hisoblashda ustama va mukofot pullari ham inobatga olinadi.

Avvalroq «Kursiv» Pensiya jamgʻarmasi tomonidan qanday xizmatlar onlayn yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek