Usmonov boylar uchun soliq oshirilishini “adolatli” deb atadi

eʼlon qilindi
Bu uning shaxsiy shaxs sifatidagi fikri
Rasm: RBK

Hukumatning boylar uchun soliqni oshirgani adolatli qaror, dedi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov.

 «Yuqori daromadga ega boʻlgan fuqarolar uchun soliq stavkalarini oshirish anchadan beri kechiktirilgan qaror», dedi Usmonov RBKga.

Milliarder biznesni tashlab, oddiy fuqaro sifatida gapirayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, agar yuqori daromadli odamlar ijtimoiy vazifalarni bajarishda davlat yukining bir qismini o‘z zimmalariga olsalar, «bu adolatdan bo‘ladi».

Usmonov bu haqda Rossiyada soliq tizimini modernizatsiya qilish muhokamasi munosabati bilan izoh berdi. Fevral oyida ushbu davlat rahbari Vladimir Putin badavlat odamlar uchun soliqlarni oshirish bo‘yicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, Usmonov 2024-yil aprel holatiga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi milliarderlari reytingida 125 kishi orasida to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek