Shavkat Mirziyoyev 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga akkreditatsiyadan o‘tgan va chipta sotib olgan muxlislarga poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma berish haqidagi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent, Buxoro va Andijonda bo‘lib o‘tadigan mundial vaqtida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, o‘yin chiptalari bo‘lgan xorijlik va mahalliy muxlislar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, akkreditatsiya yoki oʻyin chiptasi boʻlgan tashrif buyuruvchilarga jamoat transporti, jumladan, avtobus va metrodan bepul foydalanish imkoniyati beriladi.
Avvalroq «Kursiv» futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari aniqlanganini e’lon qilgan edi.