Dushanbeda metro paydo boʻlishi mumkin

eʼlon qilindi
Uning qurilishiga Janubiy Koreyani jalb etish rejalashtirilmoqda
Rasm: whiteturtle1988/Depositphotos

Janubiy Koreya va Tojikiston vakillari Dushanbeda metro qurish imkoniyatlarini muhokama qilishdi, deb xabar berdi «Xovar» axborot agentligi.

Bu borada «Korean National Railway» va Tojikiston transport vazirligi vakillari Dushanbeda muzokaralar olib bordi. Koreyalik mutaxassislar tojik tomoniga «Light Rail Tranzit» texnologiyasi yoki yengil temir yo‘l transportidan foydalangan holda yer osti metrosini taklif qilishdi.

Dastlabki ishlarni amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Exim banki $200 ming ajratadi. Moliya instituti loyihaning batafsil ishlab chiqilishiga ham homiylik qiladi.

Dastlabki ishlarni amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Eksim banki $200 ming ajratadi. Moliya instituti loyihaning batafsil ishlab chiqilishiga ham homiylik qiladi.

Tojikiston va «Korean National Railway» korporatsiyasi Dushanbe metrosini qurish imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent metrosi uchta poyezd bilan to‘ldirilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek