Jizzax viloyatida avtomobil portladi
eʼlon qilindi
To‘rt kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Nexia-2 rusumli avtomashinada gaz balloni portlab ketdi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (IIB).
Gaz baloni 28-may, seshanba kuni tushdan keyin mashina harakatlanayotganda portlab ketgan. To‘rt kishi halok bo‘ldi: haydovchi va yo‘lovchilar.
Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini nazorat qilishni soʻradi.
Eslatib o‘tamiz, 8-may kuni Toshkentning Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘lgan.