Jizzax viloyatida avtomobil portladi

eʼlon qilindi
To‘rt kishi halok bo‘ldi
Rasm: Jizzax viloyati IIB

O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Nexia-2 ​​rusumli avtomashinada gaz balloni portlab ketdi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (IIB).

Gaz baloni 28-may, seshanba kuni tushdan keyin mashina harakatlanayotganda portlab ketgan. To‘rt kishi halok bo‘ldi: haydovchi va yo‘lovchilar.

Video: Jizzax viloyati IIB

Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini nazorat qilishni soʻradi.

Eslatib o‘tamiz, 8-may kuni Toshkentning Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘lgan.

Shuningdek