Putin: O‘zbekiston Rossiya uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda

eʼlon qilindi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti O‘zRga uch kunlik tashrifi haqida fikr bildirdi
Rasm: AleksTaurus/Depositphotos

O‘zbekiston Rossiya uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentga tashrifi yakunida.

«Oʻzbekiston munosabatlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan Rossiya uchun, haqiqatan ham, katta qiziqish uygʻotadi», dedi Putin. Uning iqtiboslari Rossiya Federatsiyasi prezidenti portalida keltirilgan.

U O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va aholi sonining ko‘payishini qayd etdi. Mamlakatimizning muammolari qatorida Putin dengizga chiqish imkoniyati yo‘qligini tilga oldi.

«Bu yerda ham biz mintaqadagi boshqa hamkorlar bilan birgalikda O‘zbekistondagi do‘stlarimizga ushbu logistika muammosini hal qilishda yordam berish va tashqi bozorlarga chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rishimiz mumkin», deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston bilan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar hajmi «juda katta».

Avvalroq «Kursiv» Putinning respublikaga tashrifi yakunlangani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek