Yangiliklar

Toshkent metropoliteniga uchta yangi poyezd keltirildi

Poyezdlarni texnik sinovga yuboriladi
Rasm: Toshkent metropoliteni

Toshkent metropoliteni 29-may, chorshanba kuni uchta yangi poyezdni qabul qilib oldi, deb xabar qildi poytaxt metropoliteni matbuot xizmati.

Yangi poyezdlar yetti kundan o‘n kungacha bo‘lgan muddatga texnik sinovlarga yuboriladi. Keyin poyezdlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning «Metrovagonmash» kompaniyasi Toshkent metropoliteni uchun 60 ta vagon yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi.

OʻzR Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil aprel oyi boshida poytaxt metropoliteni xizmatidan 63,8 mln kishi foydalangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 64,7 foizga ko‘pdir.

Avvalroq «Kursiv» «Kosmonavtlar» metro bekati madaniy meros obyekti sifatida tan olingani haqida yozgan edi.