Abituriyentlarni roʻyxatga olish 5-iyundan boshlanadi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatdan o‘tish 25-iyunga qadar davom etadi
Foto: kwanchaichaiudom/depositphotos.com

2024/2025-oʻquv yili uchun abituriyentlarni roʻyxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar davom etadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi prezidentning tegishli farmoniga tayanib xabar bermoqda.

Farmonga koʻra, davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Keyinchalik test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

Ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» OTMlarda imtihonlar «avval test, soʻng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek