Oʻzbekistonda qancha odam pensiya olishi ochiqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng ko‘p pensiya oluvchi fuqarolar Farg‘ona viloyatida qayd etildi
Foto: bbsferrari/depositphotos.com

Joriy yilning 1-may holatiga koʻra, Pensiya jamgʻarmasida hisobda turib pensiya oluvchi fuqarolar soni qariyb 4 mln nafarni tashkil etdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, hududlar kesimida eng koʻp pensiya oluvchi fuqarolar Fargʻona viloyatida 471 ming nafarni tashkil qildi. Keyingi oʻrinda 424 ming bilan Samarqand viloyati joy oldi. Kuchli uchlikni 372 ming nafar bilan Andijon viloyati yakunlab berdi.

Eng kam pensiya oluvchi fuqarolar Sirdaryo viloyatida qayd etilib, 100 ming nafarni tashkil qildi. Shuningdek, Navoiy va Jizzax viloyatlarida ham mos ravishda 134 ming nafardan fuqarolar pensiya olayotgani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» pensiya tayinlashda bir qancha jarayonlar soddalashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek