Sergeli tumanidagi ko‘chalardan biri bir oyga yopildi

eʼlon qilindi
Issiqlik tarmoqlarini ta'mirlash uchun
Foto: Piqsels

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Obi hayot ko‘chasi 30-may kunidan boshlab 30 kunga qisman to‘sib qo‘yildi, deb xabar berdi tuman hokimligi.

Sababi — issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash. Ko‘cha Sergeli yarmarkasidagi chorrahadan «Havas» supermarketigacha bo‘lgan qismi to‘sib qo‘yilgan.

Avvalroq «Kursiv» 28-may kuni Toshkent yo‘llarida to‘qqiz balli tirbandlik qayd etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek