Sharof Rashidov haqidagi hujjatli film Britaniya kinofestivalida eng yaxshi deb topildi

eʼlon qilindi
Film Mirzacho‘lning rivojlanishiniga bag‘ishlangan
Rasm: Kultura.uz

Davlat arbobi Sharof Rashidov haqidagi film Britaniya kinofestivalining ECG film festivalida «Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, deb yozadi «Dunyo» axborot agentligi.

«Sharaf Rashidov – Mirzacho‘l rivojlanishining ilhomlantiruvchisi» hujjatli filmining rejissyori Shuhrat Haytov. Film XX-asrning 60-yillarida Mirzachoʻl (Och dasht)ning oʻzlashtirishi haqida hikoya qiladi.

Axborot agentligining xabar berishicha, film Londonning Romford Premiere Cinemas kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Sharof Rashidov 1959 – 1983-yillarda O‘zbekiston SSRga rahbarlik qilgan. Uning hukmronligi davrida Chorvoq GESi, Toshkent va Navoiy issiqlik elektr stansiyalari qurildi, respublikaning neft va gaz konlarini o‘zlashtirish boshlandi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston mamlakatning tarixiy va madaniyat arboblari haqida filmlar suratga olishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek