Zeekr avtomobillari Euro NCAP xavfsizlik reytingida yetakchi bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda "Kursiv"ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi
Zeekr Gelly
Rasm: Gelly

Zeekr 001 va Zeekr X modellari Euro NCAP reytingida ekologik xavfsizlik bo‘yicha eng yuqori ball oldi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Zeekr X zamonaviy shahar krossoveri faol va passiv xavfsizlikning yuqori darajasi bo‘yicha sinovlardan o‘tib, krash-testlarda maksimal ball to‘pladi. Uning kattalar uchun xavfsizlik darajasi 91 foiz, bolalar uchun – 90 foiz, piyodalar uchun – 84 foiz va elektron xavfsizlik tizimlari – 83 foiz deb baholandi.

Euro NCAP tomonidan Zeekr 001 ham baholandi va besh yulduz oldi. Ba’zi toifalarda bu model X bilan taxminan bir xil reytingni oldi: haydovchi va kattalar yo‘lovchilarining xavfsizligi 89%, bolalar yo‘lovchilari – 88%, piyodalar – 84%, elektron yordamchilarning ishi 83% deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu reyting avtomobilning havo tozaligi, energiya samaradorligi va issiqxona gazlari emissiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini umumlashtiradi. Zeekr X umumiy ball 96 foizni, Zeekr 001 esa 95 foizni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» yangi Zeekr elektromobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelganini e’lon qilgan edi. Respublikada eng mashhur Zeekr modellari, jumladan, Zeekr X city krossoveri, Zeekr 001 modelllari taqdim etildi.

Shuningdek