Jon Lennonning gitarasi auksionda sotildi

eʼlon qilindi
Yarim asr davomida uni topa olishmadi
Фото: EPA

Amerikaning Julien’s Auctions auksion uyi Britaniyaning «The Beatles» guruhi solisti Jon Lennonning 12 torli gitarasini kimoshdi savdosida sotdi, deb yozadi «The New York Times».

Musiqa asbobi $2,9 millionga sotildi.

Lennon bu gitarani afsonaviy Help va Rubber Soul albomlarini yozish paytida ishlatgan. Keyinchalik cholg‘u asbobi yo‘qolgan deb hisoblangan, ammo 2010-yillarda u Britaniya qishloqlarining bir uyida chodiridan topilgan.

Sotilgan gitara The Beatles guruhining eng qimmatli narsalaridan biriga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, «Uyda yolg‘iz» filmi suratga olingan uy AQShda sotuvga qo‘yildi.

Shuningdek