Amerikaning Julien’s Auctions auksion uyi Britaniyaning «The Beatles» guruhi solisti Jon Lennonning 12 torli gitarasini kimoshdi savdosida sotdi, deb yozadi «The New York Times».
Musiqa asbobi $2,9 millionga sotildi.
Lennon bu gitarani afsonaviy Help va Rubber Soul albomlarini yozish paytida ishlatgan. Keyinchalik cholg‘u asbobi yo‘qolgan deb hisoblangan, ammo 2010-yillarda u Britaniya qishloqlarining bir uyida chodiridan topilgan.
Sotilgan gitara The Beatles guruhining eng qimmatli narsalaridan biriga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, «Uyda yolg‘iz» filmi suratga olingan uy AQShda sotuvga qo‘yildi.